TOSHMALI TERLAMA

TOSHMALI TERLAMA (tuphus exanthematicus) , tepkili terlama, epidemik tif — rikketsiozlar guruhiga mansub oʻtkir infeksion kasallik, bunda bemor isitmalaydi, yurak, qon tomirlar, markaziy nerv sistemasi zararlanadi, toshma toshadi. Provachek rikketsiyasi qoʻzgʻatadi, bit orqali yuqadi. Toshmali terlamaning kechishida 4 davr farklanadi; yashirin davri (oʻrtacha 2 hafta), boshlangʻich, avj olish va sogʻayish davrlari. Dastlab bemorning eti uvishib, isitmalaydi (39— 40° gacha), boshi va muskullari qaqshab ogʻriydi, yuzi kepchiydi, koʻzlari qizarib turadi, uyqusi buziladi, alahlaydi. Kasallikning 3 — 4 kunida koʻz konyunktivasining burmasida va yumshoq tanglayda dogʻsimon toshmalar paydo boʻladi. Intoksikatsiya kuchliligidan yurak, nafas yoʻli va nerv sistemasi zararlanadi. Kasallikning k5unidan boshlab bemor badaniga va bilaklariga qizgʻishpushti toshmalar toshadi. Kasallikning 12 — 15kunidan bemorning axvoli yaxshilana boshlaydi. Baʼzan Toshmali terlama qaytalaydi. Soʻnggi yillarda bu kasallik Oʻzbekistonda deyarli uchramaydi.

Toshmali terlamaning oldini olish uchun bitga qarshi kurash choralari koʻriladi, dezinfeksiya oʻtkaziladi va h. k.

Ad.: Ahmedova M. D., Abduqodirov Sh. Sh., Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va bemorlar parvarishi, Toshmali terlama, 2002.


Lotin alifbosida maqola: TOSHMALI TERLAMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RIKKETSIOZLAR
ICH TERLAMA
ZAXM
INFEKSION KASALLIKLAR
YURAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты