VELLINGTON

VELLINGTON, Uellington (Wellington) — Yangi Zelandiya poytaxti, Shimoliy o. ning jan. da, Tinch okeanning Port-Nikolson qoʻltigʻini oʻrab turuvchi togʻ yon bagʻrida joylashgan. Iklimi subtropik dengiz iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 8°, yillik yogʻin qariyb 1445 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi 335,5 ming kishi (1996). Dengiz porti (yuk ortish va tushirish 15 mln. t). Chetga goʻsht, jun, yogʻ, sut mahsulotlari, me-valar, q. x. mashinalar i chiqariladi, chetdan sanoat mahsulotlari, bugʻdoy, choy, kofe, kakao keltiriladi. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, metallurgiya, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil sanoat korxonalari mavjud. Un-t, politexnika in-ti, Yangi Zelandiya Qirollik jamiyati, Yangi Zelandiya nafis sanʼat akademiyasi, milliy rasmlar galereyasi, milliy muzey, teatrlar va botanika bogʻi bor. Shaharga ingliz mustamlakachilari tomonidan 1840-y. da asos solingan. Ingliz davlat arbobi, gersog A. Vellington (1769—1852) nomi bilan atalgan. 1865-y. dan poytaxt.


Lotin alifbosida maqola: VELLINGTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты