TOSHPOʻLATOV Yunus Toshpoʻlatovich

TOSHPOʻLATOV Yunus Toshpoʻlatovich (1932.15.8, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari dri (1971), prof. (1980). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Usimliklar kimyosi intida ilmiy xodim (1956-59), Oʻzbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi intida optikaanalitika lab. mudiri (1959 — 65), yetakchi ilmiy xodim (1993—97), Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta sellyulozasi va texnologiyasi i. t. instituti direktori oʻrinbosari (196574), direktori (198392). Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat inti umumiy va anorganik kimyo kafedrasi mudiri (1974—83), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika unti kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (1998-y. dan). Ilmiy ishlari paxta sellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenografik va IKspektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilish, mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid. Toshpoʻlatov paxta lintidan sellyulozani ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etdi. Uning rahbarligida atsetilsellyuloza tasmalarini moylovchilar va ip yigirishda ishlatiladigan eritmalar uchun zarur qurilmalar tayyorlandi hamda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish. korxonalarida qoʻllandi.

As: Glinit — portlandsement, Toshpoʻlatov, 1958; Izometricheskiy metod issledovaniya polimernoʻx materialov (v soavtorstve), T., 1989; Protsessoʻ i apparatoʻ kompleksnoy pererabotki vtorichnogo soʻrya selxoz produktov (v soavtorstve), T., 1990.

Ad.: Yu. T. Toshpoʻlatov (biobibliografiya), T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: TOSHPOʻLATOV Yunus Toshpoʻlatovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KIMYO
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
ROSSIYA
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты