VELUM

VELUM (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki pallali mollyuskalar lichinkalarini esa veliger deyiladi. Velum ikki boʻlakli yoki toq organ, boshida joylashadi, uzun kipriklari boʻladi. Velum suzish va oziq zarralarni ogʻizga haydash uchun xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: VELUM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
TOSHKENT
YER HAYDASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты