TOSHSOQA — Xorazm viloyatidagi yirik sugorish kanali. Amudaryoning chap qirgʻogʻidan boshlanadi. Daryoda suvning koʻpkamligiga qarab suv 2 kanaldan: 1939—40 y. larda qurilgan Eski Toshsoqa (uz. 34 km; suv sarfi 285 m3/s) va 1964-y. da kurilgan Yangi Tuyamoʻyin (210m3/s ga moʻljallangan, amalda 90 m3 suv oladi) kanallari orqali olinadi. Eski Toshsoqa kanalining 34 km da qurilgan suvayirgʻich bilan tugaydi. Bu yerdan respublikalararo Shovot (uz. 150 km, bosh qismida suv sarfi 125 m3/s), PolvonGʻazovot (uz. 31 km, suv sarfi 170 m3/s) va xoʻjaliklararo Xonqaarna kanali (uz. 24 km, suv sarfi 11 m3/s) boshlanadi. Toshsoqa suvi bilan Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Bogʻot, Shovot tumanlaridagi 138,4 ming ga, Turkmanistonning Taxti tumanidagi 94,1 ming ga yer sugʻoriladi.