VELYAMINOV-ZERNOV

VELYAMINOV-ZERNOV Vladimir Vladimirovich [1830.31.10(12.11), Peterburg — 1904.17(30). !, Kiyev] — tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog. Peterburg FA akad. (1861). V.Z. «Qirgʻiz-qaysaqlar hamda Rossiya bilan Oʻrta Osiyoning Abulxayrxon (1748—65) vafotidan keyingi munosabatlariga oid tarixiy maʼlumotlar» (1—2jild; 1853—55), «Muhammad Alidan Xudoyorxonga qadar Qoʻqon xonligi haqida tarixiy maʼlumotlar» (1856) kabi asarlarida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlari tarixini tadqiq etgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklarida mavjud boʻlgan pul munosabatlariga oid asarlar yozgan. A. Navoiy asarlari asosida 16-a. da tuzilgan «Abushqa» lugʻatini nashr ettirgan (1867).


Lotin alifbosida maqola: VELYAMINOV-ZERNOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ALISHER NAVOIY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты