VENA KLASSIK MAKTABI

VENA KLASSIK MAKTABI — 18-a. ning 2-yarmi va 19-a. ning boshida Venada musiqa sanʼatida qaror topgan ijodiy yoʻnalish. Asoschilari — Y. Gaydnva Vena klassik maktabi Motsart. L. Betxoven ijodi Vena klassik maktabining soʻnggi va yuksak davrini tashkil qiladi. Operada isloh boshlagan X. Glyuk (1714— 87) ijodi ha. m shu oqim bilan bogʻliq. Maʼrifatparvarlik va Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsirida shakllangan bu yoʻnalishning muhim ijodiy belgilaridan kelajakka ishonch, voqelikni taraqqiyot jarayonida koʻrsatish, insonparvarlik va xalqchillik boʻlgan. Vena klassik maktabi kompozitorlari professional va xalq musiqasi rivoji tajribasini umumlashtirdilar. universal musiqa tilini ishlab chikdilar. Ularning ijodida simfoniya, sonata, konsert, kvartet kabi janrlar oʻzining mumtoz shaklini topdi. yangi xildagi opera hamda simfonik orkestrlari vujudga keldi va opera janri islohqilindi. Vena klassik maktabi musiqa tarixida eng muhim davrlardan biri hisoblanadi; musiqa sanʼatining keyingi rivojiga barakali taʼsir koʻrsatib, turli milliy kompozitorlik maktablari yuzaga kelishida muhim rol oʻynab kelmoqda.


Lotin alifbosida maqola: VENA KLASSIK MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
XITOY
MUSIQA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты