VENA KONVENSIYALARI

VENA KONVENSIYALARI (1961 va 1963) — diplomatik va konsullik munosabatlariga bagʻishlangan konvensiyalar. Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi 1961-y. 18 apr. da Vena sh. da, diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari boʻyicha BMT konferensiyasida qabul qilingan. Davlatlar boshliqlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalar maqomi va vazifalarini belgilab beruvchi bu asosiy xalqaro huquqiy hujjat 53 moddadan iborat boʻlib, jumladan davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish tartibiga, diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini taminlash va chaqirib olishga, mazkur vakolatxona xodimlarining diplomatik maqomlariga, ularga va oila aʼzolariga beriladigan imtiyoz va daxlsizliklarga, ular vazifa olgan mamlakatlarga kelishi va qaytishiga, qabul qiluvchi mamlakat hududida oʻzlarini qay shaklda tutishlariga oid qoidalardan iborat. Vakolatxonalarning muayyan diplomatik maqomga ega rahbarlari va vakolatxona diplomatik xodimlari orasidan sardor (duayen)ni, vakolatxonaning muvaqqat ishlar vakilini tayinlash masalalari yuzasidan ham qoidalar bayon qilingan.

Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi 1963-y. mart — apr. da, BMT xalqaro huquq hayʼatining loyihasini koʻrib chiqish uchun 92 davlat vakillari qatnashgan Vena konferensiyasida qabul qilingan. Mazkur konvensiya xalqaro muomalada ishtirok qiluvchi barcha davlatlar oʻrtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solib turadi.


Lotin alifbosida maqola: VENA KONVENSIYALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA
FRANSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты