TOSHQOʻRGʻON, Xulm Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Samangon viloyatida. Aholisi 35 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari) . Xulm daryosi vohasidagi savdotransport markazi. Shahar atrofida meva, uzum, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari yetishtiriladi. Un tortish, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchilikda gazlama va gilam toʻqiladi, charm, mis va temirdan uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi.