TOSHHOVLI

TOSHHOVLI, Olloqulixon capoyi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830—38). Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivakiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli 3 hovli, 111 ta xonadan iborat: Arz hovli (darvozasi gʻarbga), ishrat hovli (jan. ga), haram (darvozasi gʻarbga qaragan). Xorazm mahalliy turar joy meʼmorligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qoʻrgʻonhovli koʻrinishida boʻlganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. Atrofi baland devor (qalinligi 1,2 — 1,5 m) bilan oʻralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Dastlab haram bunyod etilgan (1830—32). Tarhi 80×42 m, hovlisi 49×15 m, jan. qismida 5 ta alohidaalohida ayvon (xon va uning 4 xotiniga moʻljallangan) bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43×36,5 m) haramning jan. sharqiy qismida qurilgan (1832—34). 3 y. dan soʻng jan. gʻarbiy burchagida arz hovli (tarhi 35 x 40 m) qad rostlagan (1837—38). Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xoʻjalik xonalari, otxona boʻlgan. Hovlilarda ayvonlar oʻziga xos uslubda joylashgan. Haramning jan. da 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2qavatida 1 ustunli, panjara toʻsiqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir oʻrnatilib mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy meʼmorlik anʼanalari asosida pardozlangan. Devordagi ustungoʻshalar oraligʻiga namoyonlar ishlanib, choksiz koʻk va oq koshin qoplab, girih parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, koʻk, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girih va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va oʻymakori yogʻoch ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid sheʼrlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-y. va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-y. hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovli dagi xonalar tomi toʻsinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xoʻjalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, baʼzilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, koʻk va qizil tusda ifodalangan. Toshhovli (haram qismi)da Xiva «Ichan qalʼa» davlat tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasining hunarmandchilik muzeyi ekspozitsiyasi joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHHOVLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XALQ IJODI
XITOY
XORAZM VILOYATI
TURAR JOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты