VENGER MUSKATI

VENGER MUSKATI, Vaniliya, Muskat de Jezyu, Muskat krokan, Muskat Primavi — kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan xoʻra-ki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning jan., Oʻzbekiston, Kozogʻiston va Kirgʻizistonda r-nlashtirilgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (diametri 15—16 sm), toʻgarak, kam kertikli. Besh boʻlakchali, toʻq yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalogʻi asosining (barg bandita yaqin qismi) kengligi b-n boshqa muskat navlaridan ajralib turadi. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 15—17 sm, eni 9—11 sm), silindr-konnussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 180 — 200 g. Gʻujumi oʻrtacha (17—18 mm), dumaloq, oqyashil, sershira, eti karsillaydi, xushboʻy muskat hidi kelib turadi. Hosili kurtak yozishdan boshlab faol harorat yigʻindisi 2700—2900° da 140—150 kunda (avg. ning ikkinchi yarmida) pishadi. Tarkibida 25—26% qand bor. Hosildorligi 80—130 s/ga. Bu nav yengil, unumdor tuproqlarda yaxshi oʻsib, moʻl hosil beradi. So-vuqqa, kasallik va zararkunandalar-ga chidamsiz. Asosan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: VENGER MUSKATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
YER
VENGRIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты