VENGERKA

VENGERKA — serhosil olxoʻri navi. Vatani Gʻarbiy Yevropa. Oʻzbekistonda va Turkmanistonda ekiladi. Daraxti oʻrtacha oʻsadi, bal. 4—5 m. Bargi yirik, gullari yirik, oq, xushboʻy. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (45—50 g), toʻq biiafsha rangda. Eti tigʻiz, shirin, xushxoʻr. Tarkibida 17,2 % qand, 1 % kislota, karotin. S vitamin i bor. Sugoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati ekilgandan keyin 5-yili hosilga kiradi. Bir tupi 130 kg gacha meva beradi. 30 yilgacha yaxshi hosil qiladi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Apr. oʻrtalarida gullaydi, mevasi avg. oxirlarida pishadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: VENGERKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
ANJIR
ISPOLIN OLXOʻRISI
ANOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты