TOQ TUYOQLILAR

TOQ TUYOQLILAR (Perissodactyla) sut emizuvchilar turkumi. Oldingi oyoklarida 1,3 yoki 4 ta, orqa oyoqlarida 1 yoki 3 ta barmoq bor. Uchinchi barmogʻi boshqa barmoqlariga qaraganda yaxshi rivojlangan; uchida tuyogʻi mavjud. Gavdasi shu barmoqqa tayanadi. Jagʻ tishlari oʻsimlik mahsulotlarini chaynashga moslashgan. Kalla suyagining yuz qismi choʻziq. Oʻmrov suyagi yoʻq. Son suyagida uchinchi koʻstning borligi bilan juft tuyoqlilardan farq qiladi. Oshqozoni bir kamerali. Koʻrichagi uzun. Bitta bola tugʻadi. Toq tuyoqlilar Afrika, Osiyo, Jan. Amerikada tarqalgan; uy hayvonlari sifatida barcha qitʼalarda bor. Jan. Yevropada 19-a. oxirigacha yovvoyi holda yashagan. 3 oilasi: otsimonlar, karkidonlar va tapirlar mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TOQ TUYOQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALLA SUYAGI
YER
ODAM
Abdulhay Karimov - To’y bola
TAPIRLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты