TOQI ZARGARON

TOQI ZARGARON (fors. — zargarlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-a.). Zargarlik buyumlari sotish uchun moʻljallangan savdo markazi. Gumbazi arablar bosqiniga qadar qurilgan deb taxm. qilinadi. Vosifiyiing 16-a. boshlarida yozgan asarida Buxoro chorsusi sifatida tilga olingan. Toqi zargaron Ulugʻbek madrasasi yonida, qad. shahriston markazi — 2 katta koʻcha kesishgan chorraha ustini qoplab turadi. Bino, asosan, 15-a. da qurilgan (16-a. da toʻlatoʻkis taʼmirlanganligi sababli shu yili bunyod etilgan deb taxm. qilinadi). Ulkan gumbaz 8 ta toqiga oʻrnatilgan. Tarhi 45,4×43,5 m, bal. 16,7 m, gumbazining asos aylanasi 14 m, poygumbazi koʻp qirrali, undagi 16 ta darcha orqali bino ichiga yorugʻlik tushib turadi. Atrofini oʻrab turgan doʻkonlar gumbazi bal. 5 — 7 m. Oʻtmishda uning dalonlarida 36 zargarlik ustaxonasi va doʻkonlar boʻlgan. Atrofiga savdo rastalari, ombor, karvonsaroylar qurilgan. Toqi zargaron Buxorodagi toqilarning eng yirigi va mujassamoti jihatidan murakkabi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOQI ZARGARON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TEMURIYLAR
ULUGʻBEK
BUXORO XONLIGI
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты