TOQI TELPAKFURUSHON

TOQI TELPAKFURUSHON (fors telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16a). Bosh kiyimlar tayyorlash va sotishga moʻljallangan gumbazli bino. Vaqf hujjatlariga koʻra, turli tomonlardan kelib tutashgan 5 koʻchaning kesishgan joyida qurilgan (1570—71). Bino choxarsoʻki Axanin, Toqi kitobfurushon, Toqi Xoʻja Muhammad Parron kabi nomlar bilan atalgan. Bosh gumbazi 6 qirrali devor ustiga oʻrnatilgan, atrofi — koʻcha, koʻchalardan kirish qismlari esa kichik gumbazchalar bilan yopilgan. Gumbaz diametri 38 m, zal shifti 10 m, savdo koʻchasining saklanib qolgan maydoni 28 m, koʻcha kengligi 14 m. Oʻtmishda gumbaz ostida bosh kiyim va kitob sotuvchi muqovasoz ustalarning doʻkonlari boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TOQI TELPAKFURUSHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
TEMURIYLAR
HARBIY KIYIMLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты