TOQTOSH Rafail Hodiyevich

TOQTOSH Rafail Hodiyevich (1926.26.1, Qozon) — sanʼatshunos, rassom, Oʻzbekiston BAakad. (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyatxodimi (1978). Sanʼatshunoslik dri (1973), prof. (1996). Moskvadagi I. Surikov nomidagi badiiy intda (1946—50) va Peterburg BAda (1950 — 54) taʼlim olgan. Tatar adibi Hodi Toqtoshpnng oʻgʻli. 1932-y. dan Oʻzbekistonda. 1960-y. dan Hamza nomidagi sanʼatshunoslik i. t. intida katta ilmiy xodim. 1996-y. dan Sanʼat inti (1997-y. dan Milliy rassomlik va dizayn intima pedagog. Toqtoshning ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tasviriy sanʼati masalalarini yoritishga bagʻishlangan.

Toqtosh rassom sifatida yaratgan asarlari (jumladan, Hamzaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan rasmlar va grafika turkumi) respublika muzeilarida sak,lanadi. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

As: Bahrom Hamdamiy, Toqtosh, 1969; Oʻzbekistonning tasviriy sanʼati, Toqtosh, 1972; Hozirgi zamon Oʻzbekiston grafikasi, Toqtosh, 1972; Oʻrol Tansiqboyev, Toqtosh, 1978; Aleksandr Volkov, Toqtosh, 1982; Badiiy tanqid etyudlari, Toqtosh, 1993.

TOF BOSIMI — togʻ geomexanikasi fanida umumlashma tushuncha boʻlib, Yer qaʼrida tabiiy hamda sunʼiy (ishlab chiqarish. zaruriyati natijasida) holda namoyon boʻladigan turli kuchlanishlar majmuasi. Toqtoshni vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biri gravitatsiyadir; tarqalish maydoni, taʼsir kuchi va vaqti turlicha boʻlgan qoʻshimcha sabablar geotektonik jarayonlar, yer osti hamda yer usti inshootlarini qurilishi, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlaridir. Togʻjinslari massivida turli kuchlanishda va tezlikda namoyon boʻluvchi Toqtosh turli ijobiy (foydali qazilmalarni qazib olishni osonlashtiradi) yoki salbiy ok,ibatlarga olib keladi. Toqtosh namoyon boʻlishini bashoratlash, oʻrganish, uning oqibatlari oldini olish — konchilik amaliyoti va fanining asosiy vazifasi. Kon inshootlarini toʻgʻri joylashtirish, oʻtkazish va ularni taʼminlash Toqtoshni tartibga solishning shaxtalarda keng qoʻllaniladigan mahalliy samarali vositasidir. Toqtosh tushunchasi 19-a. da paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda Toqtoshni boshqarish fani M. M. Protodyakonov asarlarida oʻz aksini topgan.

TOF JINSLARI – Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlar. «Toqtosh» termini hoz. maʼnoda 1798-y. dan beri ishlatilib kelinadi. Odatda Toqtosh deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Toqtoshning kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Toqtosh dagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar (q. Magmatik togʻ jinslari, Metamorfik togʻ jinslari, Choʻkindi togʻ jinslari). Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo Yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Toqtoshning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgan. Asosan, silikatli minerallardan iborat magmatik Toqtoshning kimyoviy tarkibida kremniy kislota koʻp boʻladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab magmatik Toqtosh nordon (65% dan ortiq), oʻta (55— 65%) va asosli (50% dan oz) jinslarga boʻlinadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda koʻp boʻlgan (75% dan ortiq) oʻta nordon va juda kam (40% dan kam), lekin, magniy oksidiga boy — oʻta asosli jinslar buladi. Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Choʻkindi Toqtoshning kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differensiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha boʻlishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning koʻp mikdorda boʻlishi bilan farqlanadi. Metamorfik Toqtosh tarkibiga koʻra, choʻkindi (tub jins) jinslarga yeki magmatik jinslarga yaqin turadi, qayta kristallanish va metasomat jarayonida koʻpgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi. Toqtosh zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Toqtoshning xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Toqtosh xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun Toqtoshning xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy mikdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik Toqtoshni neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va b. ga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Toqtoshning namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik Toqtoshda gazli boʻshliklar miqdori 60 — 80% ga yetadi (mas., pemza va pemza tuflari). Choʻkindi Toqtoshda choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaktida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik Toqtoshda gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi. Toqtoshning zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/ m3gacha); choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Toqtoshning issiklik sigʻimi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va b. birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. Toqtoshning mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Toqtoshning choʻzilishga chidash darajasi, issiklik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador Toqtoshda mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador Toqtoshda past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuksak (mas., nefritda 500 Mn/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va b.)da sikilishga chidash darajasi past. Toqtosh, odatda, issiklikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiklik utkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) boʻlgan jinslarda issiklik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Toqtoshning kupi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Toqtoshning xossalari mexanik (bosim), issiklik (tra), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va b. ga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa Toqtoshning xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik va b. oshib boradi. Issiklik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, buglanishiga olib keladi, natijada Toqtosh xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi Toqtoshning elektromagnit va radiotulqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Toqtosh foydali qazilma sifatida uziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va b. texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geol. (jumladan, muxandislik geol. si) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOQTOSH Rafail Hodiyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
YAPONIYA
ROSSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты