TOGʻ MAYNASI (Myophonus caeruleus) — chumchuqsimonlar turkumining shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Kattaligi zogʻchadek, lekin qanotlari kaltaroq, dumi uzun, patlari koʻk yoki binafsha tusda. Tumshugʻi sariq. Tanasining uz. 350 mm, dumi — 150 mm ga yaqin. Ogʻirligi 170—200 g. Hindiston, Myanma, Xitoy, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Togʻlardagi suv havzalari boʻyida oʻtroq yashaydi. Uyasini toshlar orasiga va qoyalar yorigʻiga quradi. 4 — 5 tatuxum qoʻyadi. ~ T. m. suv qasharotlari, ularning lichinkalari, mollyuskalar, qoʻngʻizlar, chumolilar va xar xil mevalar bilan oziklanadi. Chiroyli, «baxt qushi» xisoblanadi. TOF MUMI — q. Ozokerit. TOF TERISI — q. Paligorskit. TOF XRUSTALI, togʻ billuri kvars (SiO2)ning deyarli aralashmalarsiz payettrali modifikatsiyasi; odatda, kimyoviy toza turi. Rangsiz, shaffof, baʼzan och tutun rang, sargish xili ham uchraydi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Yirik, toza monokristallari kam, koʻproq metamorfik slaneslarning yoriq va boʻshliqlarida, turli tipdagi gidrotermal tomirlarning yoriqlarida, kamerali pegmatitlarda uchraydi. Togʻ maynasining bir jinsli shaffof monokristallari optik asboblar hamda elektr va radiotexnikada pyezoelektrik mahsulotlar uchun qimmatbaho xom ashyo xisoblanadi. Togʻ maynasi badiiy tosh kesish sanʼati1 da, kvarsli oynalar va zargarli k buyumlari yasashda ham ishlatiladi.
Togʻ maynasining yuqori sifatli xili sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Togʻ maynasi konlari Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina, Xitoy, Braziliya, Shveysariyada mavjud. Oʻzbekistonda Togʻ maynasi, asosan, Maydontol togʻlarida topilgan.