VENERIK KASALLIKLAR

VENERIK KASALLIKLAR, tanosil kasalliklari, zuhroviy kasalliklar — jinsiy yoʻl bilan yuqadigan zaxm, soʻzak, yumshoq shankr, trixomonoz, mikoplazmoz, xlamidioz, chov limfogranulematozi, jinsiy aʼzolar sohasi uchugʻi, shuningdek orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)ning umumiy nomi. Venerik kasalliklar juda qadimdan maʼlum. Gippokrat, Sels, Galen va b. asarlarida ham Venerik kasalliklar haqida maʼlumotlar bor. Kam rivojlangan mamlakatlarda aholining ogʻir ahvolda yashashi, ishsizlik, baʼzi ayollarning hech qayerda ishlamay fohishalik b-n shugʻullanishi, erkaklarning moddiy qiyinchilik tufayli duch kelgan ayollar b-n jinsiy aloqada boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik va b. V. k. ning tarqalishi va koʻpayishiga za min yaratadi. Venerik kasalliklar (ayniqsa zaxm, soʻzak va xlamidioz) keng tarqalishi mumkin. Ular kishilar sogʻligʻiga putur yetkazishdan tashqari, jamiyat uchun ham xavflidir. Venerik kasalliklar vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri davolansa kasallik surunkali tus olib, bemor uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yoʻqotadi, koʻpincha nogiron boʻlib qoladi. Soʻzak boʻlgan erkak yoki ayol uzil-kesil davolanmasa, jinsiy zaif, umrbod bepusht boʻlib qolishi mumkin. Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarning ichki aʼzolari va markaziy nerv sistemasi izdan chiqadi. Zaxm boʻlgan ayol homilador boʻlib, oʻz vaqgida davolanmasa, bola yo oʻlik yoki zaxm bilan kasallanib, mayib-majruh boʻlib tugʻiladi (tugʻma zaxm). Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemor oʻz vaqtida teri-tanosil kasalliklari dispanseriga murojaat qilib, mutaxassis vrach koʻrsatmasi boʻyicha davolansa, albatta, tuzalib ketishi mumkin. Sayoq yurish, ichkilikka ruju qilish, tasodifiy jinsiy aloqalarga yoʻl qoʻyish Venerik kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻladi.

OʻzR da Venerik kasalliklarga qarshi kurashish uchun maxsus dispanserlar va b. davolash-profilaktika muassasalari mavjud. Ular kasallikni yuqtirganlarni qidirib topib, davolanishga majbur qiladilar, bu bilan Venerik kasalliklarning boshqalarga yuqish xavfining oldi olinadi. Venerik kasalliklarning oldini olishda homilador ayollar, bolalar muassasalari, oziq-ovqat sohasi xodimlarining belgilangan muddatda vrach koʻrigidan oʻtib turishlari muhim. Aholi orasida Venerik kasalliklarning yomon oqibatlari, uning oldini olish va davolatish zarurligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bemor oʻzida venerik kasallik borligini bila turib boshqalar bilan jinsiy aloqa qilib, kasallikni yuqtirsa OʻzR jinoyat qonunlari kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: VENERIK KASALLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Surxon guruhi - Ko’pkari
ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI
ZAXM
TIBBIYOT
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты