TOGʻ CHANGʻI SPORTI

TOGʻ CHANGʻI SPORTI — maxsus yoʻlakchalar boʻylab togʻdan tushish, changʻi sportinnnt tarkibiy qismi; unga slalom (changʻida sunʼiy yoki tabiiy toʻsiqlar osha tepalikdan pastga tez tushish), ulkan slalom, tezlik bilan tushish va koʻp kurash musobaqalari kiradi. Musobaqa qoidalarini 1marta angliyalik A. Lunn (20-a. ning 20-y. larida) kiritgan. 1musobaka 1923-y. Shveysariyada boʻlgan; 1930-y. dan jahon birinchiligi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. 1936-y. dan kishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan. Oʻzbekistonda Togʻ changʻi sporti musobaqalari, asosan, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon bazasi majmuasida oʻtkaziladi. Togʻ changʻichilari har yili 2-marta (yezda va qishda) respublika birinchiligi va Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashadilar. «Qishki taʼtillar», «Chimyon sovrini» musobaqalari eng kuchli togʻ changʻichilarini toʻplaydi. Sport ustasi Gʻayrat Ermetov yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatining 2 ta kumush medaliga sazovor boʻlgan. 2004-y. gi Oʻzbekiston chempioni Kseniya Grigoryeva ayollar oʻrtasida yetakchi togʻ changʻichisidir. Oʻzbekiston Togʻ changʻi sporti uyushmasi (1998-y. tuzilgan) xalqaro Togʻ changʻi sporti federatsiyasi (FIS) ga qabul qilingan. TOGʻ CHOʻQQISI — togʻ tizmalari, massivlari va alohida togʻlarning eng baland joyi yoki nuqtasi. Har xil (platosimon, nayzasimon va b.) shakllari mavjud. Yon bagʻirlari tik yoki bir oz nishab, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan boʻladi. Vujudga kelishi tektonik tuzilishi, tarkibidagi togʻ jinslari (nurash jarayonlariga chidamliligi) va turli denudatsion jarayonlar bilan bogʻliq. Togʻ changʻi sportining dengiz sathidan balandligi ham turlicha. Eng baland Togʻ changʻi sporti — Jomolungma (8848 m), Tirichmir (7690 m), Oʻzbekistonda Hazrati Sulton (4648 m).


Lotin alifbosida maqola: TOGʻ CHANGʻI SPORTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
OLIMPIADA OʻYINLARI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты