VENERN

VENERN — Shvetsiya jan. dagi koʻl. Dengiz sathidan 44 m balandlikda. Mayd. 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega koʻllaridan keyin 3-oʻrinda). Uz. 140 km, eni 80 km ga yaqin, chuq. 100 m gacha. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirgʻoqlari past, kuchli yemirilgan, orol koʻp. Koʻlga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina Gyota-Elv daryosi oqib chiqadi. Venern dek. — yanv. da muz bilan qoplanib, apr. da muzdan boʻshaydi. Kemalar katnaydi. Venern Gyoteborg — Stokgolm ichki suv yoʻli (Gyotaka-nal) ning bir qismidir. Eng yirik portlari — shim. da Karlstad, sharqda Mariyestad va jan.-gʻarbda Venersborg.


Lotin alifbosida maqola: VENERN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SHVETSIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты