TOGʻAY

TOGʻAY — odam, baʼzi umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlardagi biriktiruvchi toʻqima turi; kollagen tolalar, qujayralararo zich moddadan iborat boʻlib, unda Togʻay hujayralari (xondroblastlar va xondrotsitlar) joylashgan. Tayanch funksiyasini bajaradi. Odam va hayvonlarda Togʻay hamma suyaklarning tutashgan joyida, qovurgʻaning koʻkrakdagi uchida, quloqda, traxeya va bronxlar devorida va b. sohalarda uchraydi. Gialin, elastik va tolali Togʻay farqlanadi. Nafas yoʻllari, qovurgʻalarning oldingi uchlari gialin Togʻay ; hiqildoq, tashqi eshituv yoʻli, quloq suprasi elastik Togʻaydan iborat. Umurtqalar tanasining orasi tolali Togʻaydan tuzilgan. Embrionda Togʻay skeletning koʻp qismini tashkil qiladi, voyaga yetgan organizmda (T. li baliqlardan tashqari) suyaklarning boʻgʻim yuzasinigina qoplab turadi va qovurgʻalar, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, quloq suprasi, burun va b. joylarda uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QULOQ
BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA
ODAM
BOʻGʻIM
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты