TOGʻJAMBIL

TOGʻJAMBIL (Thymus L.) labguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 3 turi: Zarafshon T. i (T. zeravshanicus Yuok.) va soxta Togʻjambil (T. insertus), oddiy Togʻjambil (T. vulgarus) uchraydi. Zarafshon Togʻjambili Toshkent, Samarqand viloyatlarida, soxta Togʻjambil faqat Fargʻona togʻlarining oʻrta va yuqori qismidagi toshloq yerlarda oʻsadi. Sershox, past boʻyli (5 — 10 sm), oʻrmalab oʻsuvchi chala butacha. Barglari oddiy, mayda, teskari tuxumsimon, yoki choʻziq, qaramaqarshi joylashgan. Guli mayda, pushti va qizgʻish, xushboʻy, toʻpgul hosil qiladi. Iyun—sent. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi kosachabarglari bilan qoʻshilib oʻsgan 4 ta yongʻoqcha. Togʻjambil efir moyli va shirali oʻsimlik hisoblanib, tabobatda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻJAMBIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Ulug'bek Ismailov - Guli
SAMARQAND
TOSHKENT VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты