TOGʻJUMRUT

TOGʻJUMRUT (Rhamnus) chilonjiydadoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi, doim yashil daraxtlar yoki butalar turkumi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada oʻsadigan 150 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Jan. Sibir, Uzoq Sharqda daryolar, koʻllar qirgʻoqlarida, jarliklarda, togʻ yon bagʻirlarida, togʻ oʻrmon mintaqalarida 19 turi oʻsadi. Novdalari tikanli. Barglari oddiy, yumaloq yoki choʻziq. Gullari ikki jinsli. May—iyun oylarida gullab, iyul— avg. da meva tugadi. Mevasi shirali, danakli, sersuv, qora, eti yashil yoki binafsha rang. Yogʻochi sargʻimtirqizgʻish, qattiq, tigʻiz, ogʻir. Togʻjumrutning tikanli (R. catharticus), Pallas (R. pallasii) va b. turlari koʻkalamzorlashtirishda, yashil devor uchun ekiladi. Poʻstlogʻi, bargi, mevasida boʻyoq moddalari bor. Imertin Togʻjumrut (R. imertinus) mevasi surgi dori sifatida qoʻllaniladi. Urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻJUMRUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
YER
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты