TOGʻZOGʻCHA

TOGʻZOGʻCHA (Pyrrhocorax graculus) — chumchuksimonlar turkumining qargʻalar oilasiga mansub qush. Togʻ qargʻata oʻxshaydi, lekin kichikroq. Ogʻirligi 260—280 g. Pati qora yaltiroq, tumshugʻi sariq, bir oz qayrilgan. Oyogʻi qizil. Jan. Yevropa, Kavkaz, Shim. Eron, Oʻrta Osiyo, Oltoy, Tibet va Himolay togʻlarida tarqalgan. Oʻtroq hayot kechiradi. Togʻlarda alp mintaqasida togʻ qargʻadan ham balandqoya va jarliklardagi yoriqlarga uya quradi. May—iyunda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, oʻsimlik mevalari va urugʻlari bilan oziqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻZOGʻCHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ERON
YEVROPA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты