VENTIL

VENTIL (lot. ventilo — puflayman esaman) — 1) bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektr asboblarining umumiy nomi. Toʻgʻri tok yoʻnalishida kam qarshilikka, teskari tok yoʻnalishida esa katta qarshilikka ega boʻladi. Boshqacha aytganda, Ventil tokni bir («toʻgʻri») yoʻnalishda yaxshi, ikkinchi («teskari») yoʻnalishda yomon oʻtkazadi. Bu xossasi tufayli Ventil tokni toʻgʻrilash qurilmasi sifatida keng qoʻllaniladi. Ventillik xususiyati metall va elektrolit (elektrolitik Ventil), metall va gaz (ion Ventil), vakuumdagi metall va yarimoʻtkazgich yoki har xil tarkibli ikki yarimoʻtkazgich (yarimoʻtkazgich Ventil) chegarasida namoyon boʻlishi mumkin. Ventil larning boshkariladigan va boshqarilmaydigan xillari boʻladi. Ventil toʻgʻrilanayotgan tok quvvati (Vt, kVt), kuchi (a), ish kuchlanishi (V., kV), kuchlanishning toʻgʻri yoʻnalishda pasayishi, teskari yoʻnalishda teshib oʻtish kuchlanishi va b. koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Ventil radiopriyomniklar, kuchli energetika qurilmalari, elektr uzatish liniyalari, avtomatika, elektronika, hisoblash texnikasi, oʻta yuqori chastotalar texnikasi va radioqurilmalarda detektor, tiristor va toʻgʻrilagich sifatida ishlatiladi. Umuman, diodlarning hamma turlari, elektrolitik toʻgʻrilagichlar va mantikiy elementlar ham Ventil jumlasiga kiradi;

2) suyuqlik, gaz yoki bugʻ oqimi yoʻlini ochib yuborish yoki berkitib qoʻyish, bu oqim miqsorini koʻpaytirish yoki kamaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Oddiy Ventil — vodoprovod joʻmragi. Uni quvur (truba) ga biriktirish uchun ikki uchiga ichki rezba kesiladi. Katta Ventillar korpusining ikki yonida flanes boʻladi. Ventil maxovigi (bandi) qoʻlda buraladi. Quvurdan oqayotgan suyuqlik yoki gaz bosimi oʻzgarganda ishga tushadigan elektr yoki gidravlik dvigatel yordamida Ventilni avtomatik tarzda boshqarib turish ham mumkin. Ventil vodoprovod, gaz kuvurlari, sanoat truboprovodlari, sanitariyatexnika qurilmalarida ishlatiladi; 3) musiqada — valtorna, truba kabi mis puflama musiqa cholgʻulari stvoli uzunligini uzaytirish uchun moʻljallangan mexanizm. Puflama musiqa asbobida Ventil sifatida aylanma klapan – baraban ishlatiladi. Ijrochi Ventildan foydalanib turlicha balandlikdagi tabiiy tovush qatorlarini hosil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: VENTIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OʻTKAZUVCHANLIK
XITOY
ISH HAQI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты