TOGʻLI QORABOGʻ

TOGʻLI QORABOGʻ — Zakavkazyedagi tarixiy hudud. 1923-y. Togʻli Krrabogʻ hududida Ozarbayjon tarkibidagi Togʻli Qorabogʻ Muxtor viloyati tashkil qilindi. Mayd. 4,4 ming km2. Aholisi 194 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari), asosan, armanlar va ozarbayjonlar, shuningdek, rus va b. millat vakillari xam yashaydi. Viloyatda 5 maʼmuriy tuman, 2 shahar va 7 giaharcha bor. Markazi — Xonkendi sh. Yirik shaharlardan Shusha sh. ham bor.

Togʻli Qorabogʻ asosan, Kichik Kavkazning jan. sharqiy qismida joylashgan. Sh. da Murovdogʻ tizmasi (eng baland joyi 2725 m) bor. Shim. sharq va sharqi — tekislik. Foydali qazilmalari: polimetall rudalari, litografiya toshi, Islandiya shpati, marmar, grafit, asbest va b. Mineral suvli bulok koʻp. Hududining koʻp qismida iqlimi moʻtadil (qishi quruq), gʻarb va jan. gʻarbiy togʻli qismi salqin va sovuq (qishi quruq). Tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda yanv. ning oʻrtacha trasi 3°dan —2°gacha; iyulniki tekislik va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda 20°—26° va baland togʻlarda 10°—14°. Yiliga tekislik va past togʻlarda 400— 600 mm, baland togʻlarda 900 mm gacha yogʻin tushadi. Eng yirik daryolari — Terter, Xachinchay, Karkarchay (Kura havzasi), Kendelanchay, Ishxanchay (Arake) havzasi.

Tekislik va past togʻlarda kashtan tuprok, oʻrtacha balandlikdagi togʻlarda qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuprogʻi bilan birga togʻ qora tuprogʻi uchraydi, undan yukorida togʻoʻtloqi tuproqlari bor. Tekisliklarda, asosan, shoʻra va shoʻra boshokdoshlar, togʻ etaklarida va past togʻlarda yarim kseforit buta changalzorlari, undan yuqorida keng bargli oʻrmonlar, subalp va alp oʻtloklari mavjud. Oʻrmon (dub, qora qayin, zarang) va butazorlar viloyat hududining 32%ni egallaydi. Kaspiy ulari, bezoar echkisi, yelik, qoʻngʻir ayiq, jayra, alp zogʻchasi, togʻ qargʻasi, qizilquyruk, qoya kaltakesagi yashaydi.

Sanoati mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Oziqovkat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 65,5%). Vino zdlari (Xonkendi, Gadrut, Martuni, Mardakert, Askeran va b.), moysir, non zdlari; ipak kti poyabzal, gilam va tikuvchilik fkalari bor. Xonkendi elektrotexnika zdi viloyat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoat tarmoklari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Asosiy sanoat markazi — Xonkendi sh.

Q. x. ning yetakchi tarmoklari: tokchilik, mevachilik, sabzavotchilik, tamakichilik. Ozuqa ekinlari: gʻalla, dondukkaklilar, kartoshka ham ekiladi. Tut mevasi muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Pilla yetishtiriladi. Asosiy avtomobil yoʻllari: Yevlax—Agdam—Xonkendi — Shusha—Lachin, Yevlax — Mardakert — Kelbajar. Shusha kurorti, Turshsu balneologik iqlimiy davolash joyi, sanatoriy, dam olish uylari bor. Qizil imperiya parchalanib, «ittifoqdosh» respublikalar oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritgach, viloyat statusini belgilash boʻyicha Togʻli Qorabogʻ armanlar bilan ozarbayjonlar oʻrtasidagi ancha vakt qurolli toʻqnashuv zonasi boʻlib keldi.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻLI QORABOGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
OZARBAYJON
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты