TOGʻOLCHA

TOGʻOLCHA (Primus divaricata) — raʼnodoshlar oilasi olxurilar turkumiga mansub mevali daraxt. Bolqon mamlakatlari, Kichik Osiyo, Eron, Oʻrta Osiyo va Kavkazda yovvoyi va madaniy holda tarkalgan. Boʻyi 3—10 m, sershox. Gullari oq, yakkayakka joylashgan. Mart— apr. oylarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi iyul — avg. da pishadi, ogʻirligi 2—12 g, dumaloq, choʻzinchoq yoki yassi, sariq, qizil, binafsha rang yoxud qora. Koʻchati bxbm, 6×8 m sxemada oʻtqaziladi. 2—3yili hosilga kiradi. Daraxtidan 300 kg gacha hosil olinadi. Tarkibida 10% gacha kand, 1,5—4% olma va limon kislotalari, 0,3—1,5% pektin, 16 mg% S vitamini va 2,8 mg% provitamin A bor. T., asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi. Shaftoli, olxoʻri, oʻrik uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Mevasi xoʻlligicha va konserva (kompot, qiyom, sharbat va b.) holida isteʼmol qilinadi. Togʻolcha yer tanlamaydi. Sovukka va shoʻrga chidamli. Zararkunandalari: olma qandalasi, kora va sarik tillaqoʻngʻizlar; kasalliklari: klyasterosporioz va b.


Lotin alifbosida maqola: TOGʻOLCHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHAFTOLI
OLXOʻRI
OʻRIK
OʻRIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты