TOGʻRAYHON

TOGʻRAYHON (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda koʻproq maydagul Togʻrayhon (O. Tyt hanthum Gontsch.) uchraydi. Boʻyi 30—60 cm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari choʻziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sent. Oylarida gullab urugʻlaydi. Asosan, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi.

TOGʻTEPAK, ansol (Populus tremula) — toldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi terak turi. Gʻarbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo, Shim. Afrika (Jazoir) da tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Gʻarbiy Tyanshan, Gʻarbiy Pomir-Olay togʻlarining toshli va shagʻalli tuproqlarida, togʻ vodiylarida oʻsadi. Bal. 35 m, diametri 1 m ga boradi. Shoxshabbasi uzun, qalin, yashil, Barglari tuxumsimon, kulrangyashil. Barg yozgunga qadar gullaydi, hamma teraklar kabi ikki uyli. Mevasi koʻsak, yozda yetiladi. Ildizi mustahkam, sovuqqa qurgʻoqchilikka chidamli, yorugʻsevar. Toʻnkasidan yoki ildizidan oʻsib chiqqan novdalari, bachkilari va urugʻidan, qalamchasidan koʻpayadi. Togʻrayhon tez usadi (40 yoshli daraxtining bal. 20 m gacha) boradi. 80—90-y. gacha yashaydi. Yogʻochi gugurt va sellyuloza, turli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

TOGʻTOL (Salixcutifolia) — toldoshlar oilasiga mansub, yirik buta yoki pakana daraxt. Tabiiy holda Sibir, Oʻrta Osiyo va Shim. Kavkazda usadi. Shoxchalari egiluvchan, rangi qizgʻishqungʻir yoki qizil; barglari ensiz nashtarsimon, uchi ingichka, uz. 10 — 15 sm, eni 0,7—1,2 sm, tuksiz, toʻq yashil, yaltiroq, bandi sargʻishqizil. Mart—apr. da gullaydi, soʻng barg yozadi. Kuchalasi oq tuklar bilan krplangan. Togʻrayhon issiq va sovuqqa chidamli, yer tanlamaydi. Qalamchasidan koʻpaytiriladi. Manzarali va ihota daraxt sifatida koʻp ekiladi. Poʻstlogʻida oshlovchi modda — tannin bor (q. Tol),


Lotin alifbosida maqola: TOGʻRAYHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAZOIR
OSIYO
POMIR
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты