VERGILIY

VERGILIY (Vergilius) Maron Publiy (mil. av. 70. 15. 10-19.21.9) – Rim shoiri. Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. «Bukolikalar» («Choʻpon qoʻshiqlari»; mil. av. 42—38) va «Georgikalar» («Dehqonchilik haqida doston»; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur «Eneida» dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari «Iliada» va «Odisseya»ga taqpidan yozilgan, unda Qad. Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida nashr qilingan (1939).


Lotin alifbosida maqola: VERGILIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
YUNONISTON
FRANSIYA
KLASSITSIZM
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты