TOHIR ibn HUSAYN

TOHIR ibn HUSAYN (775/776822) — Tohiriylar davlati va sulolasi asoschisi (821—822). Arab xalifaligiga qarshi Movarounnahrda koʻtarilgan Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloninch bostirishda qatnashgan. Horun arRashid vafotidan keyin xalifalik taxtiga egalik qilish uchun boshlangan kurashlarda Maʼmun qoʻshini qoʻmondoni. Maʼmun xalifaligi davrida Jazira (Mesopotamiya) noibi va Bagʻdod harbiy garnizoni boshligʻi (sohib ashshurot). 821-y. Xuroson noibi etib tayinlangan. Xurosonni xalifalikdan ajratib olish maqsadida abbosiylarga boʻysunishdan bosh tortgan. Maʼmun yuborgan fitnachilar tomonidan zaharlab oʻldirilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOHIR ibn HUSAYN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROFE ibn LAYS QOʻZGʻOLONI
IROQ
TEMURIYLAR
HARBIY SANʼAT
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты