TOHIR MALIK

TOHIR MALIK (taxallusi; asl ismsharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) (1946.27.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika f-tini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965— 66) boʻlib ishlagan. «Lenin uchquni» gaz., «Guliston» (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), «Choʻlpon» nashriyotida bosh muharrir (1985—87), «Sharq yulduzi» (1982—85), «Yoshlik» (1989 — 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988 — 90). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining oʻlimi» (1972). «Zaharli gʻubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yoʻli elchilari» (1978), «Chorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir koʻcha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «Soʻnggi oʻq» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Soʻnggi oʻq» kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. «Qaldirgʻoch» (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y. lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.

«Shaytanat» romani (1kitob, 1992; 2kitob, 1995; 3kitob, 1997; 4kitob, 2000) Tohir Malikning yirik asarlaridan. Asar asosida koʻp seriyali telefilm yaratildi. Romanda turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan chizilgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan. Asarda jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy eʼtibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini taxlil etishga karatilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni Tohir Malikning «Jinoyatning uzun yoʻli» (2004) ilmiytahliliy risolasida davom ettirilgan. «Mexmon tuygular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar toʻplamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. Tohir Malikning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi «Yozuvchining baxti va baxtsizligi» (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi «Sobir» (2003), Oʻlmas Umarbekov ijodiga bagʻishlangan «Qiyomat qarz» (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan «Ibrat maktabi» (1993) badialari xam bor. T. M. xujjatli kino sohasida xam faoliyat koʻrsatgan. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha» (1999), «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dentiz» (2000), «Zulmat saltanati», (2001), «Moshtabib» (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Maʼsuma» kissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

As: Tanlangan asarlar, 1—2j. lar, Tohir malik, 2004.


Lotin alifbosida maqola: TOHIR MALIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
CHOʻLPON
GʻAFUR GʻULOM
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты