VERDIKT

VERDIKT (lot. vere dictum — haq ran aytish) — ayrim xorijiy mamlakatlarda qasamyod etuvchi maslahatchilar (prisyajniylar)ning ayblanuvchi aybdor yoki aybdor emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi. Qasamyod etuvchilar Verdikti ular hayʼati (kollegiyasi) tomonidan ayrim masalalar, ishlar boʻyicha, jumladan, shaxsning aybdor yoki aybdor emasligi haqidagi asosiy masala yuzasidan chiqariladi. Hayʼat muhokama davomida belgilangan muddatda yakdil qarorga erishmagan takdirda, aybdorlik Verdikti qasamyod etuvchilarning koʻpchiligi 3 asosiy savolining har biriga aybdorlikni tasdiqlovchi javoblar uchun ovoz bersa; jazodan ozod qiluvchi aybsizlik Verdikti qasamyod etuvchilarning 6 nafardan koʻprogʻi 3 asosiy savol boʻyicha aybdorlikni rad qiluvchi qaror chiqargan taqdirda qabul qilinadi. Qolgan 2-darajali savollar boʻyicha qaror qasamyod etuvchilarning oddiy koʻpchiligi tomonidan belgilanadi, ovozlar teng boʻlsa, ayblanuvchi foydasiga qaror chiqariladi. Verdikt chiqarish uchun savollar aniq boʻlishi, ularga faqat «ha, aybdor» yoki «yoʻq, aybdor emas», deb javob berilishi shart.


Lotin alifbosida maqola: VERDIKT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAZODAN OZOD QILISH
TOSHKENT
YER
SAYLOV TIZIMI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты