TOHIRBOYZ

TOHIRBOYZ — mil. av. 2 ming yillikning 2 yarmiga oid qishloq xarobasi. Mari viloyati (Turkmaniston)dagi Bayramali sh. dan 12 km shim. da joylashgan. Tohirboyz Z madaniy qatlamining qalinligi 2,5 m gacha boʻlib, 20 ga yaqin hududni egallagan. 1954—56 y. larda V. M. Massoy rahbarligidagi arxeologik guruh qazish ishlari olib borgan. Natijada xom gʻishtdan qilingan koʻp xonali uylar ochilib, har xil shakldagi sopol idishlar, guldonlar, qadahlar, xumchalar, tovalar, shuningdek, paykonlar, suyakdan ishlangan maʼbuda haykalchalari, koʻmirga aylangan bugʻdoy donalari va b. ashyolar topilgan. Tohirboyz 3 dan topilgan sopol buyumlar, Namozgoh 6 sopol idishlariga oʻxshaydi. Sopol idishlar kulollik charxida mahorat bilan yasalgan boʻlib, xumdonlarda yaxshi pishirilgan. Xonalar tagidan va yaqinidan bir necha qabrlar ochilgan. Marhumlar qabrlarga 2 shaklda: gʻujanak qilib chap yonboshi bilan yoki chalqancha yotqizilgan holda; jasad yarim kuydirilib, chalqancha yotqizib koʻmilgan. Marhumlarning bosh va oyoq qismidan sopol idishlar, bezak buyumlari topilgan. Murgob vodiysidagi ilk dehqonchilik bilan shugullanuvchilarning oʻtroqlashishini oʻrganishda Tohirboyz Z ni tekshirish katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TOHIRBOYZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты