VERESHCHAGIN Vasiliy Vasilyevich

VERESHCHAGIN Vasiliy Vasilyevich [1842. 14 (26). 10, Cherepoves, Novgorod gubernyasi — 1904. 31. 3 (13.4), Port-Artur] — rus rassomi. Peterburg BA (1860—63) va Parijdagi Jerom ustaxonasi (1864—65)da taʼlim olgan. Say-yor rassomlar (peredvijniklar)ga yaqin boʻlgan. Batal janriga mansub koʻp sonli asarlarida urush dahshatlarini mahorat bilan koʻrsatgan. Turkistonni bosib olishda (1867-68, 1869-70), rus-turk (1877-78) va rus-yapon (1904-05) urushlarida rus qoʻshinlari safida qatnashgan. Chor Rossiyasining Turkistondagi bosqinchilik siyosatini yoqlagan, bu esa turkiy xalqlarni kamsituvchi, qonli urush manzaralari tasvirlangan asarlarida oʻz ifodasini topgan: «Bangilar» (1868), «Turkis-ton» turkumi (1871— 74), «Toʻsatdan hujum» (1871), «Tantana» (1872), «Qul bolaning savdosi» (1872), «Temur darvozasi» (1872—73), «Zindon» (1873) va b.


Lotin alifbosida maqola: VERESHCHAGIN Vasiliy Vasilyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
AMIR TEMUR
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты