TOHIROV Karim Hojiyevich (1907. 30.11 Toshkent 1987.25.9.) bolalar xirurgi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). ToshTI ni tugatgach (1933), shu int xirurgiya kafedrasida aspirant (1933—35), assistent (1935—41). Urush qatnashchisi (1941—42). ToshTI xirurgiya kafedrasida dotsent (1942—47), pediatriya fti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1947—72). 1972-y. dan Oʻrta Osiyo, hoz. Toshkent tibbiyot pediatriya inti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy faoliyati bolalar xirurgiyasi, asosan, Oʻzbekistonda bolalar siydik toshi kasalliklariga oid.