TOHIRXON

TOHIRXON (taxm. 1533-y. vafot etgan) — Joʻjixon avlodidan boʻlgan Katta juz xoni. Adik sultonning oʻgʻli, Jonibeknpng nabirasi. Tohirxon hokimiyati turli davrlarda Markaziy Qozogʻiston, Yettisuv, Qirgʻiziston, Ili oʻlkasiga qadar yoyilgan. 1524-y. T. mangʻitlar tomonidan Dashti Qipchoqsan siqib chiqarilgan, oʻz navbatida, Yettisuv va Qirgʻizistondan moʻgʻullarni quvib yuborgan. 1526-y. T. ning markaziy hokimiyatni mustahkamlash yoʻlidagi siyosatidan norozi boʻlgan qozoqlar qoʻzgʻolon koʻtarib uni tark etganlar. Tohirxon qirgʻizlar bilan qolgan va Qirgʻizistonda qalmoklarga qarshi Jatan qalʼasini qurdirgan. 1529-y. uning hukmronligi ostida yana 20—30 ming qozoq boʻlgan. Tohirxonning vorisi 1533-y. da manbalarda qayd etilgan Buydashxon boʻlgan.

Ad.: Materialы po istorii kazaxskix xanstv XVXVIII vv., AlmaAta, 1969.


Lotin alifbosida maqola: TOHIRXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOZOGʻISTON
TOSHKENT
QIRGʻIZISTON
XITOY
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты