VERMIKULIT

VERMIKULIT (lot. vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, koʻpchiydi, hajmi 10—25-marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qoʻngʻir-sariq, qoʻngʻir, toʻq yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqdigi 1—1,5. S ogʻ. 2,3. V. gipergen jarayonida magniy-temirli slyudalarning nurashi natijasida hamda gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Nurota (Langar koni) togʻlaridan topilgan. Yirik konlari Qozogʻiston (Barchin), RFda (Ural, Saxa-Yakutiyada), AQSH va Avstraliyada uchraydi. Vermikulit issiq va sovuqni oʻtkazmaydigan izolyator sifatida qurilishda (betonga aralashma), q. x. da (tuproq namligini saqdovchi) ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VERMIKULIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOZOGʻISTON
MINERAL
YER
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
KISLOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты