TRAVMATIZM

TRAVMATIZM — kishilarda sodir boʻladigan travmalar majmui; 2 guruhga boʻlinadi:

1) ishlab chiqarish. (sanoat va qishloq xoʻjaligi.) T. i;

2) ishlab chiqarish. dan tashqari T., yaʼni transport, kucha, turmush, sport, bolalar Travmatizmi va h. k. Ishlab chiqarish Travmatizmi koʻproq sanoat da mehnat shartsharoitining bevosita taʼsiri (mas., xavfeizlik texnikasi va mehnat muhofazasidagi kamchiliklar, mehnatning notoʻgʻri tashkil etilishi va b.), ishchining malakasizligi, ruhan, jismonan toliqishi (yaʼni qattiq charchash, tob qochishi va h. k.) oqibatida, shuningdek, qishloq xoʻjaligi. da murakkabroq mashinalar bilan ishlaganda ishchi texnik bilimining yetarli emasligi, baʼzan mexanizatorning tartibintizomga rioya qilmasligi va b. da yuzaga keladi. Ishlab chiqarishdan tashqari Travmatizm (koʻcha Travmatizmi)ga koʻproq shahar transporti, alkogolizm va h. k. sabab boʻladi. Turmushda uy mehnati bilan shugʻullanayotgan (uy yigʻishtirish, elektr asboblardan foydalanish payti)da sodir boʻladi. Sport mashgʻulotlarining notoʻgʻri usulda olib borilishi va tashkil etilishi, shugullanuvchining betobligi yoki qoʻpolligi, mashgʻulot maydoni va sport asboblarining nosozligi va b. oqibatida roʻy berishi mumkin. Bolalar Travmatizmi koʻproquchraydi. Bu bolalar shoʻxligi, tajribasizligi, elektrdan shikastlanishi, koʻchada esa transport serqatnov joylarda oʻynashi, velosiped uchishi va h. k. dan kelib chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: TRAVMATIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
CHARCHASH
TURKIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты