VERNADSKIY Vladimir Ivanovich

VERNADSKIY Vladimir Ivanovich [1863.28.2 (12.3), Peterburg – 1945.6.1, Moskva] — tabiatshunos, mineralog va kristallograf; geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya va biosfera asoschilaridan biri. Rossiya FA akad. (1912), Ukraina FA tashkilotchisi va birinchi prezidenti (1919), Chexoslovakiya (1926) va Parij (1928) FA aʼzosi. Moskva un-ti prof. (1898-1911). Vernadskiy oʻz tadqiqotlarida katta amaliy ahamiyatga ega bulgan yirik ilmiy muammolar: silikatlarning tuzilishi, nodir va tarqoq elementlar geokimyosi, radioaktiv minerallarni qidirib topish, geokimyoviy jarayonlarda organizmlar roli, togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash va b. ni ilgari surdi; minerallarning kelib chiqishida yangi evolyutsion nazariyani (genetik mineralogiyani) ishlab chiqdi. Vernadskiy radioaktiv moddalar ahamiyatini aniqladi (1911). Vernadskiy biosfera kimyoviy elementlarning toʻplanishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qoʻlga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat — noosferaga oʻtishini birinchi boʻlib koʻrsatib berdi.


Lotin alifbosida maqola: VERNADSKIY Vladimir Ivanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
UKRAINA
YER
KIMYO
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты