VERNER

VERNER (Werner) Alfred (1866.12.12, Myuluz, Elzas — 1919.15.11, Syurix) — shveysariyalik anorganik kimyogar, kompleks birikmalar kimyosi asoschilaridan biri. Syurix un-ti prof. (1893-y. dan). Verner maʼlum boʻlgan va hali maʼlum boʻlmagan juda koʻp birikmalarni sintez qilgan, ularni tartibga va bir tizimga solgan. Bu birikmalar tuzilishini isbot qilish maqsadida amaliy usullar ishlab chiqqan. Vernerning ichki kompleks birikmalar toʻgʻrisidagi qarashlari koʻpgina organik moddalar (xlorofill, gemoglobin va b.)ning tuzilishini aniqlashga yordam berdi. Uning koordinatsion nazariyasi kompleks birikmalar kimyosiga asos soldi va bilimning turli fan sohalarida keng qoʻllanildi. Nobel mukofoti laureati (1913).


Lotin alifbosida maqola: VERNER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KIMYO
KOORDINATSION BIRIKMALAR
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты