TRAYEKTORIYA

TRAYEKTORIYA (lot. traectorius — harakatga oid) — fazoda harakatlanayotgan moddiy nuqta hosil qiluvchi chiziq. Moddiy nuqtalardan iborat tizim harakatlanganda uning har bir nuqtasi oʻzining Trayektoriyasi boʻylab harakat qiladi. Moddiy nuqtalar tizimining holati holatlar fazosida nuqta xisoblanadi va uning Trayektoriyasi holat Trayektoriyasi deb ataladi. Mat. ning differensial tenglamalar va dinamik tizimlar kabi sohalarida Trayektoriya tushunchasi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Differensial tenglamalar va dinamik tizimlar nazariyalarida baʼzan Trayektoriya chiziq boʻlmasligi xam mumkin. Chunki harakatlanayotgan nuqtaning koordinatalari bir oʻzgaruvchili funksiyalar boʻlib, ular differensial tenglamalar tizimining maxsus nuqtasi (muvozanat gʻolat) boʻlsa, bu nuqtadan oʻtuvchi trayektoriya shu nuqtaning oʻzidan iborat boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: TRAYEKTORIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MATEMATIKA
TOSHKENT
IBN SINO
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты