VERONA

VERONA — Italiyaning shim.sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Venetsiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orkali oʻtiladigan muhim transport yullari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. V. da xalqaro q. x. yarmarkalari bulib turadi. Industrial int, un-t, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.

Verona — qad. shahar. Mil. av. 89 ydan Rim koloniyasi, 489-y. dan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-y. dan Milanga, 1405-y. da Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-y. dan Avstriya tarkibiga, 1866-y. dan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va b. saqpangan.


Lotin alifbosida maqola: VERONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
TOSHKENT
AVSTRIYA
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты