TRAKAY

TRAKAY (Trakai) (1917-y. gacha rasmiy nomi Troki) — Litvadagi qad. shahar. Trakay tumani markazi. Trakay koʻllari oʻrtasida joylashgan. Vilnyusdan 28 km gʻarbda (avtobuslar qatnaydi). Yaqin t. y. stansiyasi — Lentvaris (9 km). Aholisi 6,2 ming kishi (1995). Landshafti muhofaza qilinadi. Tarixiy muzey bor. T. ga 1341-yilda asos solingan. 14—15-a. larda buyuk Litva knyazligining muhim siyosiy markazi va Litva knyazlari qarorgohi. Mudofaa majmuasi (shu jumladan, Galva koʻlidagi orolda joylashgan qasr, 14 — 15-a. boshi), Vituato cherkovi (15—18-a. lar), atrofida yogʻochdan ishlangan karaimlar ibodatxonasi (19-a. ning 1yarmi) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Trakayda har yili xalqaro suv sporti musobaqalari boʻlib oʻtadi. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: TRAKAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
LITVA
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты