VERONEZE

VERONEZE (Veronese) Paolo (haqiqiy ismi Kalyari, Caliari) (1528, Verona — 1588. 19.4, Venetsiya) — Uygʻonish davri italyan rassomi. Monumental bezak, rangtasvir ustasi. Venetsiya maktabi vakili. Veroneze ijodi (asarlari,namoyon va dastxatlari) tantanavor ruhdagi ijrosi, meʼmorlik bilan uzviy bogʻliqligi, mujassamotlarining kengligi, yorqin tovlanuvchi kumush rangning ustunligi b-n ajralib turadi. Shuningdek uning asarlaridan diniy mavzular, Qad. Rim oqsuyaklarining dabdabali hayoti ham keng oʻrin olgan. Kartina va devoriy rasmlarida atlas, zarbof va shoyi libos kiygan zabardast va goʻzal kishilar ifodalangan. Rassom ularni imorat va moviy osmon fonida tasvirlaydi: Mazerdagi Barbaro-Volpi villasidagi freskalar, «Kanidagi nikoh» (1563, Luvr), «Kuchchin va avliyolar bilan turgan madonna» (1570), «Venetsiya zafari» (1578—85), «Agar va Ismoil sahroda»(1580-y. lar), «Iso paygʻambarga motam tutish» (1580-y. lar) va b.


Lotin alifbosida maqola: VERONEZE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UYGʻONISH DAVRI
ITALIYA
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты