TRAMBLYOR

TRAMBLYOR (frans. trembleur) — karbyuratorli ichki yonuv dvigatelinit oʻt oldirish tizimidagi asbob; oʻt oldirishni uzgichtaqsimlagich. Yuqori kuchlanishli elektr tokini oʻt oldirish svechalari (shamlari)ga uzatish uchun moʻljallangan. Tramblyor past kuchlanishli tokni uzgich va yuqori kuchlanishli tokni taqsimlagichdan iborat. Bular dvigatelning taqsimlash validan harakatga keltiriladi. Uzgich muayyan vaqgda oʻt oldirish gʻaltagining birlamchi zanjirini uzadi, shunda ikkilamchi chulgʻamda yuqori kuchlanishli tok induksiyalanadi (q. Induksiya). Yuqori kuchlanishli tok taqsimlagich orqali tegishli silindrlarning oʻt oldirish svechalariga uzatiladi. Taqsimlagichning rostlash qurilmalari dvigatelning ish rejimiga monand ravishda oʻt oldirishni ilgarilatish momentini avtomatik tarzda oʻzgartiradi (yana q. Oʻt oldirish).


Lotin alifbosida maqola: TRAMBLYOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
ELEKTR TOKINI UZATISH
TAQSIMLASH VALI
ISH HAQI
VIBRATSION OʻZGARTIRGICH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты