TRANZISTOR

TRANZISTOR (ing. transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob. Mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi. Amerika olimlari J. Bardin, U. Bratteyn va U. Shokli 1948-y. da ixtiro qilishgan. Tuzilishi va tokni boshqarish mexanizmiga koʻra, Tranzistor 2 katta sinfga: bipolyar (oddiy Tranzistor) va unipolyar (dala Tranzistori) sinflarga boʻlinadi. Tranzistorlar kichik quvvatli va kam shovqinli; impulsli; past, yuqori va oʻta yuqori chastotali; foto Tranzistorlar (yorugʻlik signallarini elektr signallariga oʻzgartiruvchi) va b. turlarga boʻlinadi. Tranzistorlar, asosan, germaniy, kremniy va b. monokristall yarimoʻtkazgich materiallardan yasaladi. Xalq orasida ixcham mikroelektron radiopriyomniklar ham Tranzistor deb yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: TRANZISTOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XALQ IJODI
YORUGʻLIK
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ELEKTRONIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты