TRANSGRESSIYA

TRANSGRESSIYA (lot. transgressio — oʻtish) — okean, dengiz va koʻllar suvining quruqlikka bosib kelishi. Transgressiyaning kelib chiqishiga yerning tektonik harakatlar natijasida bukilishi va okean (dengiz) suvi sathining koʻtarilishi sabab boʻladi. Transgressiya jarayonida abraziya roʻy beradi, suv ostidagi qad. qatlamlar yuvilib ketib, yangi qatlamlar paydo boʻladi. T. Yer geologik tarixining hamma davrlarida boʻlib oʻtgan. Eng yirik Transgressiya kembriyning quyi va oʻrta, yuqori devon — quyi karbon, yuqori boʻr, neogen — toʻrtlamchi davrlarda boʻlgan. Yer yuzasining sayyoraviy miqyosda egilishi tufayli birinchi marta Oʻrta Osiyoning ancha qismi, aynan Oʻzbekiston hududining 70—80% maydoni dengiz suvi ostida qolgan. Transgressiv jinslar foydali qazilma turlariga boy (yana q. Regressiya).


Lotin alifbosida maqola: TRANSGRESSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты