TRANSLITERATSIYA (trans… va lot. littera — harf) — bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida soʻzlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan xdrfmaharf aks ettirish. Transkripsiyaaln farmi ravishda Transliteratsiya muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish koʻradi. Bironbir alifboga asoslanar ekan, Transliteratsiya harflarni shartli qoʻllashga, qoʻshimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yoʻl qoʻyadi. Transliteratsiya dastlab 19-a. da Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, Kirill, arab, hind va b. yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxonalar uchun tuzilgan yoʻriqnomalar 20-a. da lotincha boʻlmagan yozuv gizimlarini lotinchaga oʻgirish andozasining asosi boʻlib xizmat qildi. Hoz. Transliteratsiyaga oid tavsiyalar Xalqaro standartlar tashkiloti — ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. Transliteratsiya oʻzining universalligi tufayli koʻp tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti boʻlib xizmat qilishi mumkin. Transliteratsiyani amaliy transkripsiyadan fark,lash kerak. Transliteratsiya xalqaro boʻlishi mumkin va boʻlishi kerak, chunki u bironbir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa bironbir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan oʻqish qoidalariga tayanadi. Transliteratsiya qad. qoʻlyozma yodgorliklar, jahon xalklari tarixi, tili va adabiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.