TRANSMILLIY KORPORATSIYA

TRANSMILLIY KORPORATSIYA (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish. ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdosotiq, bank, sugʻurta va b. tarmoqdarda faoliyat olib boradi.

Dastlabki TMKlar 20-a. boshlarida paydo boʻlgan. 2-jahon urushi (1939 — 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21a. boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qoʻlida toʻplangan. Amerikaning Gʻarbiy Yevropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻz korxonalari tarmoqlariga ega boʻlgan TMKlari faoliyat koʻrsatadi. Mas., «Ford» avtomobil konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari («British petroleum», «IKI» va b.), Germaniya («Xerst», «Simens» va b.), Gollandiyaning «Filips» konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yoʻnaltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega boʻladi. Mac, «Ford motor»ning AQSH Detroyt sh. da 100 mingdan koʻproq muhandistexnik xodimlar, olimlar, texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK oʻz tarkibini va faoliyat yoʻnalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat.

20-a. ning 90-y. laridan boshlab Oʻzbekiston sanoatining koʻp tarmoklarida jahondagi koʻpgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. «OʻzDEU avto» (q. Asaka avtomobil zavodi), ZarafshonNyumont, «Kabul tekstaplz», «KokaKola», «Nestle», «Keys Korporeyshn» va b. shular jumlasidandir.

Sadir Salimov.


Lotin alifbosida maqola: TRANSMILLIY KORPORATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты