TRANSMISSIV KASALLIKLAR

TRANSMISSIV KASALLIKLAR — bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan boʻgʻimoyokdyugar, mas., qon soʻruvchilar orqali sogʻlom kishilarga yuqadigan infeksion kasalliklar. Bu guruhga mansub kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari sogʻlom odam organizmiga teri orqali tushadi va, asosan, qonda boʻladi. Odatda, terida toshmalar paydo boʻlishi va mayda tomirlar jarohatlanishi bilan kechadi. Rikketsiozlar T. k. ning katta qismini tashkil etadi. Koʻpincha maʼlum hududlarda qayd qilinadi va oʻsha joyning nomi bilan ataladi. Transmissiv kasalliklar 5 guruhga boʻlinadi: toshmali terlama guruhi, kana dogʻli isitmasi guruhi, qizil tanachali kana isitmasi, pnevmotrop (nafas yoʻllarini jarohatlaydigan) rikketsiozlar va paroksizmal rikketsiozlar. Kasallik, asosan, bit, burga yoki kanalar chaqqanda yuqadi. Toshmali terlamada odam, boshqasida kalamush, sichqon va b. kemiruvchi hayvonlar, ayrimlarida yovvoyi va uy hayvonlari hamda qushlar rezervuar hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TRANSMISSIV KASALLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RIKKETSIOZLAR
INFEKSION KASALLIKLAR
KANALAR
YER
ICH TERLAMA


Комментарии 1

Pari
Juda tushunarli
25 мая 2022 17:49

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты